O‘zgidromet mutaxassislarining agrar sohada olib borayotgan innovatsion o‘zgarishlari

O‘zgidromet mutaxassislarining agrar sohada olib borayotgan innovatsion o‘zgarishlari

22.02.2022

O‘zgidromet mutaxassislarining agrar sohada olib borayotgan innovatsion o‘zgarishlari

Joriy yilning 21 fevral kuni Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi Qahramon Zaxidov hamda Agrometeorologik prognoz va Agrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘limi boshliqlari Munisa To‘tieva va Dilafruz Axunjanovalar ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga agrar sohada olib borilayotgan innovatsion o‘zgarishlar yuzasidan malaka va tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘i Artikov Zafar, Qishloq xo‘jaligi erlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umidbek Niyozmetov, Bog‘dorchilik uzumchilik bo‘limi bosh mutaxassisi Qurbonov Hurshid, sabzavotchilik-kartoshkachilik bog‘dorchilik bo‘limi boshlig‘i Bekzod Nuriddinov, Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i Shamsiev Akmal, G‘allachilik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Abdulla Mansurovlar ishtirokida uchta asosiy: yangi ekilayotgan qishloq xo‘jaligi o‘simlik turlari, poliz ekinlari va mevali daraxtlar; klaster va fermarlarga O‘zgidromet tomonidan ko‘rsatiladigan ob-havo ma’lumotlarni yetkazish; xodimlarni malakasini oshirish, o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

фото

1

Sohaga oid masalalar ustida bahs olib borildi va hamkorlikda ishlashga va tajriba almashishga tayyorliklari haqida rozilik bildirishdi. Paxta va kuzgi boshoqli don ekinlari ustida olib boriladigan avtoyo‘nalish kuzatuvlariga birga olib borish taklifini bildirishdi.

123