SHOSHILINCH AXBOROT
28-29 mayda respublika bo‘yicha shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
28 mayda ayrim tog’li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, kuchli yomg’ir yog’ishi mumkin.
28-29 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zgidromet va uning tashkiliy tuzilmasidagi viloyat gidrometeorologiya boshqarmalarining agrometeorolog mutaxassislari Rossiya Davlat Gidrometeorologiya Universiteti (RDGMU) va O‘zgidromet o‘rtasidagi RO‘ITK (Rossiya-O‘zbekiston ilmiy ta’lim konsorsiumi) o‘zaro hamkorlik kelishuviga binoan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Agrometeorologiya” bo‘yicha onlayn o‘quv kursida ishtirok etmoqdalar.