17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.02.2023

MUHIM HODISALAR
17-18 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
17-20 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor

17 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda biroz yogʼingarchilik (yomgʼir, qor) boʼladi. Buxoro Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo oʼzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʼir yogʼadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʼnalishini oʼzgartirib, gʼarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9о iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5о iliq bo`ladi.