8 oktabrdan 9 oktabrga o‘tar kechasi va 9 oktabr sutka davomida Toshkent viloyati hududlariga Kaspiy dengizi ustidan kirib kelgan nam havo massalari keltirgan bulutli oqimdan ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, tog‘li hududlarda qor) kuzatildi.
MUHIM HODISALAR
10-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
MUHIM HODISALAR
9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Bugun respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida nisbatan iliq harorat fonida biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat respublikaning shimoliy hududlarida va Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.