20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 19 avgust soat 20 dan 20 avgust soat 20 gacha

20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 19 avgust soat 20 dan 20 avgust soat 20 gacha

19.08.2022

MUHIM HODISALAR

19-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.
19-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
19 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
20 avgustda kunduzgi havo harorati 27-32o gacha pasayadi.

20 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI 19 avgust soat 20 dan 20 avgust soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Samarqand, Jizzax viloyatlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Qashqadaryo viloyatida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.