O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

19.08.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 19-21 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.

Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35° atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30° atrofida bo‘ladi. Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me’yordan 3-5° ga pastdir.