MUHIM HODISALARJoriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Bugun respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy viloyatining ba’zi joylarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin.