24 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
24.04.2025
MUHIM HODISALAR
24 aprel kuni respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
24 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo’ladi.