Kavkaz xududida hafta davomida shakllangan salqin va nisbatan nam havo oqimlari Kaspiy dengiz orqali respublikamizning shimoliy-g'arbiy hududlariga, 11 sentabrda O'zbekistonning boshqa hududlariga kirib keldi. G'arbiy oqim fronti respublikaning ko'pchilik hududlarida ba'zi joylarda shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va cho'l hududlarda 20 m/s kuchayishiga olib keldi.