O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Habibullayev 9-Butunjahon suv forumiga bag‘ishlangan “Suv xavfsizligi tinchlik va taraqqiyot uchun” Markaziy Osiyo submintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Habibullayev 9-Butunjahon suv forumiga bag‘ishlangan “Suv xavfsizligi tinchlik va taraqqiyot uchun” Markaziy Osiyo submintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

27.10.2021

O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Habibullayev 9-Butunjahon suv forumiga bag‘ishlangan “Suv xavfsizligi tinchlik va taraqqiyot uchun” Markaziy Osiyo submintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari milliy Gidrometeorologiya xizmatlari va Jahon Banki vakillari, hamda Jahon meteorologik tashkiloti ishtirok etdi.

Kun tartibida ob-havo, iqlim, suv resurslari va tabiiy ofatlarga chidamlilikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

2011 yilda boshlangan Markaziy Osiyo gidrometeorologik xizmatini modernizatsiya qilish loyihasi gidrometeorologik xizmatlarning aniqligi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va o‘z o‘rnida kelajakdagi iqlim o‘zgarishi xavfiga moslashishga yordam beradi.

Alohida ta’kidlash joizki, "Gidrometeorologik xizmatlarni modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida Markaziy Osiyoda "O‘zgidromet" texnik qo‘llab-quvvatlandi, bugungi kunda mutaxassis-meteorologlarimiz mahalliy ob-havo, sun’iy yo‘ldosh va global raqamli ob-havo kabi ma’lumotlarga, hamda ilg‘or uskunalardan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Prognozlash sifatining yaxshilanishi mamlakat milliy gidrometeorologik xizmatlariga aholi ishonchining ortishiga yordam beradi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida “Iqlim o‘zgarishiga moslashish va suv bilan bog‘liq tabiiy ofatlarni kamaytirish” mavzusiga bag‘ishlangan masalalar ko‘rildi.

Sessiyada iqlim o‘zgarishiga moslashish va iqlim o‘zgarishiga qarshi global kurashga Parij kelishuvining belgilangan milliy hissasining bir qismi bo‘lgan moslashish choralari muhokama qilindi.

Jumladan, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining eng zaif tarmoqlari suv va qishloq xo‘jaligi bo‘lib, u o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tog‘ muzliklari degradatsiyasining davom etishi, uning kamayish darajasi Amudaryo va Sirdaryo havzasi daryolari oqimining shakllanish sohasida yiliga 0,1% dan 1,5% gacha o‘zgarib, suv resurslarining kamayishiga, kelajakda esa yer usti suvlari sifatining yomonlashuviga olib keladi.

O‘zgidromet manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan muvofiqlashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan "O‘zbekiston Respublikasining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyani tasdiqlash to‘g‘risida "gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqdi.

 

O‘zgidromet Jahon banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va Markaziy Osiyo milliy gidrometeorologiya xizmatlari bilan gidrometeorologik qo‘llab-quvvatlash va iqlim xizmatlari masalalarini hal qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishning izchil tarafdoridir.

Iqlim o‘zgarishi barcha Markaziy Osiyo davlatlari uchun umumiy muammodir. Orol dengizi havzasida transchegaraviy suv resurslarining iqlim o‘zgarishiga moslashuvi birgalikdagi sa’y-harakatlarni va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishni talab etadi.

Biz iqlim o‘zgarishining suv resurslariga salbiy ta’sirini yumshatish va iqlimga moslashish muammolarini Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar manfaati uchun hal qilishga hissa qo‘shadigan xalqaro mintaqaviy tashabbuslar, dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz.