29-31 OKTABR VA 1 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29-31 OKTABR VA 1 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27.10.2021

29-31 OKTABR VA 1 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 oktabrda 3° sovuq-2°iliq, 30 oktabr-1 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
29-30 oktabrda 0-5° iliq, 31 oktabr va 1 noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 29 oktabrda 10-15° iliq, 30 oktabrda 14-19° iliq,
31 oktabr va 1 noyabrda 13-18° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 30-31 oktabr va 1 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 oktabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 30 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 31 oktabr va 1 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 oktabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 30 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 31 oktabr va 1 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
29-30 oktabrda 3-8° iliq, 31 oktabr va 1 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 30 oktabrda 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 30-31 oktabr va 1 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 oktabrda 4-9° iliq, 30 oktabrda 0-5° iliq, 31 oktabr va 1 noyabrda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 29 oktabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 30-31 oktabr va 1 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
29-30 oktabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 oktabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30 oktabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
4-9° iliq, 31 oktabr va 1 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.