Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi loyihasi

Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi loyihasi

17.05.2021

Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi loyihasi

Joriy yilning 12 may kuni “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishning birinchi qismida “Xalqaro iqlim kuni”ga bag‘ishlangan Davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni kirish so‘zi bilan Spiker o‘rinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Gapporov Xayrullo Lutpillaevich va O‘zgidromet bosh direktori o‘rinbosari Karimov Ibratjon Alijonovich ochib berdilar.

 “Mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida" mavzusida O‘zgidromet Iqlim o‘zgarishi monitoringi boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i N.A. Agalseva prezentatsiya qildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismi  “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi” loyihasini muhokamasiga bag‘ishlangan edi.

O‘zgidromet bosh direktori o‘rinbosari Karimov Ibratjon Alijonovich ushbu Strategiyani loyihasi bo‘yicha prezentatsiya qildi va Strategiyani asosiy maqsadlari va yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Strategiyani loyihasini aloqador vazirlik va idoralar bilan muhokama qilinishi  keyingi ishchi guruh yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.