“Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish” yuzasidan yig‘ilish
15.10.2021

2021 yilning 14 oktabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati binosida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 iyundagi 305-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa (2021-2023 yillar) va o‘rta (2023-2025 yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi”da belgilangan tadbirlarning ijrosini muhokama qilish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zgidromet bosh direktori o‘rinbosari I.Karimov “Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa (2021-2023 yillar) va o‘rta (2023-2025 yillar) muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish”ning ijrosi bo‘yicha hisobot berdi.