Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo saqlanib turadi
15.10.2021

O‘tgan dam olish kunlari yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va keskin sovuqdan so‘ng, ushbu hafta davomida ob-havo O‘zbekiston aholisini quyoshli va iliq ob-havo bilan quvontirdi.
Ushbu dam olish kunlari va keyigi hafta boshida respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechasi va ertalab hali juda salqin, 6-9° iliq atrofida bo‘ladi, kun davomida quyosh havoni 22-25° iliqqacha isitadi. Bu oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Biroq, shuni eslatib o‘tamizki, eng issiq bo‘lgan oktabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35° iliqqacha ko‘tarilgan.