Ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
15.10.2021
Kuni kecha Wyndham Tashkent mehmonxonasining anjumanlar zalida, BMTTD ko‘magida, Yashil iqlim jamg‘armasi (YаIJ) tomonidan moliyalashtirilgan "Iqtisodiyotning zaif tarmoqlari va mintaqalarga yo‘naltirilgan O‘zbekistonda o‘rta va uzoq muddatli moslashish chora - tadbirlari va harakatlarini rejalashtirishni targ‘ib qilish maqsadida milliy moslashtirish rejasi (MMR) loyihasi doirasida" O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi qoshidagi Ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining (IIG) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zgidrometning gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Janob Rustam Shukurov, loyiha menejeri Murodjon Ismoilov, shuningdek, BMTTD atrof-muhit va iqlim bo‘limi boshlig‘i, va barcha vazirliklarning mutaxassislari - IIG a’zolari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda IIG a’zo maslahatchilari iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonini, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasida targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini taqdim etdilar. Uchrashuv iqlim o‘zgarishi ta’siriga moslashish bo‘yicha “Milliy Moslashish rejasini” ishlab chiqishga qaratildi.