Navbatdan tashqari Jahon meteorologiya Kongressi o‘z ishini boshladi
12.10.2021
2021 yil 11 oktabrdan 22 oktabrgacha bo‘lgan davrda O‘zgidromet vakillari VKA formatida Jahon meteorologiya kongressining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) iqlimiy, ekologik va demografik tez o‘zgarishlarni, shuningdek, ekstremal ob-havo sharoitlar chastotasi va ta’sirining ortishi tufayli ob-havo, iqlim va gidrologik xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishga qaratilgan siyosatni mustahkamlash maqsadida o‘z Kongressning maxsus sessiyasini chaqirdi.
Jahon meteorologiya Kongressining navbatdan tashqari sessiyasida tashkilot uchun birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan aniq masalalar JMT islohotidagi taraqqiyot, suv resurslari sohasida global kun tartibini va Yer tizimi haqidagi ma’lumotlar bilan almashishda JMT qo‘llab-quvvatlash ko‘rib chiqiladi. Gidrologik assambleya, Kongressning ochiq qo‘mitasi sifatida, 12 va 14 oktabr kunlari parallel onlayn-tadbir sifatida chaqiriladi.
JMT Bosh kotibi professor Petteri Taalas ushbu yilning yozida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani, Germaniyada va Markaziy Yevropaning boshqa mamlakatlarida jadal suv toshqinlari va Kanadada, AQSh ning shimoli-g‘arbidagi rekord issiqlarni nazarda tutgan holda, o‘z murojatida "Tabiiy ofatlar ham rivojlanayotgan, hamda rivojlangan mamlakatlarga ta’siri" haqida so‘zladi.
"Har ikki holatda ham, biz bu ekstremal hodisalar va iqlim o‘zgarishi o‘rtasida aniq bog‘liqlikni ko‘ramiz," – dedi professor Petteri Taalas.
1970 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda yanada ko‘p ekstremal ob-havo sharoitlari va hisobot yaxshilanishi iqlim o‘zgarishiga ta’sir etishi tufayli ofatlar soni besh barobat ko‘paydi. Ammo erta ogohlantirish va tabiiy ofatlarga qarshi kurashishni takomillashtirilishi natijasida o‘limlar soni deyarli uch barobarga kamaydi.
JMT Bosh kotibi, professor Petteri Taalas,
JMT va BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha boshqarmasi ushbu muammolarni hal qilish uchun muvofiqlashtirishni kuchaytirmoqda.
"Xalqaro hamkorlik, JMT faoliyati orqali, qizil ip kabi o‘tadi”, dedi BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili va UNDRR rahbari Mami Mizutori. “Bu zamonaviy erta ogohlantirish tizimlarini taqdim etishdan ko‘ra, aniqroq narsa yo‘q", dedi Mami Mizutori. U JMT a’zolarining yarmidan ko‘pida ayniqsa, tabiiy ofatlar natijasida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda erta ogohlantirish tizimlariga ega emasligidan tashvishini bildirdi.
BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili va UNDRR rahbari Mami Mizutori,
JMT Prezidenti Gerxard Adrian JMT ga a’zo 193 davlatni "ob-havo, suv va iqlim sohasidagi islohotlar muammosi ko‘tarilishiga” chaqirdi.
"Bu ikki hafta mobaynida bizning jamoaviy qarorlarimiz JMT ning jamiyat ehtiyojlarini qondirish va yanada samarali xizmat ko‘rsatish uchun eng yaxshi mexanizmlari va yondashuvlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi", dedi Gerxard Adrian.
Gerxard Adrian, Prezident VMO
Navbatdan tashqari Kongress doirasida Gidrologiya sohasida JMT ning Konsepsiyasi, Strategiyasi va Harakat rejasi qabul qilinadi.
JMT ning suv resurslari bo‘yicha Deklaratsiya loyihasida suv resurslari va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yangi koalitsiya tomonidan ko‘zda tutilganidek, suv resurslari va iqlim o‘zgarishi sohasida yanada faol harakat va yanada keng qamrovli siyosat zarurligini ta’kidlaydi.
Yangilangan ma’lumotlar siyosati ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi, bu JMT jamoasiga er tizimining barcha komponentlari uchun monitoring va prognozlash tizimlarini mustahkamlash va yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, natijada katta ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradi.
Bu esa, o‘z navbatida, barcha JMT a’zolariga ob-havo, suv va iqlim bilan bog‘liq yaxshiroq, aniqroq va o‘z vaqtida xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan barcha turdagi ekologik ma’lumotlar qo‘shimcha almashinuviga olib keladi.
Jahon meteorologiya Kongressida muhokama qilinadigan batafsil tavsiflar muhokama qilinadigan global asosiy kuzatuv tarmog‘i (GBON) – bu butun dunyoda er usti kuzatuv tarmog‘i ishlab chiqilgan, aniqlangan va kuzatiladigan yondashuvni ifodalaydi.
GBON amalga oshirilgandan so‘ng, eng muhim ma’lumotlarning mavjudligi yaxshilanadi. Ob-havo prognozlari va ma’lumotlarning sifatiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa global jamoat xavfsizligi va farovonligini oshirishga yordam beradi.
Buni amalga oshirish uchun ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarga qo‘shimcha sarmoya va salohiyatni rivojlantirishni talab etadi. JMT rivojlanish va iqlim moliyasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jamoalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.