“Metan bo'yicha global majburiyat” tashabbusi bo’yicha onlayn uchrashuv
12.10.2021
Joriy yilning 11 oktabrida AQSh, Yevropa Ittifoqi bilan “Metan bo'yicha global majburiyat” tashabbusi doirasida Energetika vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ishtirokida Vazirliklarning virtual uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zgidromet bosh direktori o'rinbosari Karimov Ibratjon Alijonovich va tegishli mutaxassislar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda “Metan bo'yicha global majburiyat” tashabbusiga qo'shilgan davlatlarning o'z mamlakatlaridagi metan tashlanmalarining holati to'g'risida ma'lumotlari eshitildi.
Uchrashuv boshqa davlatlarni “Metan bo'yicha global majburiyat” tashabbusiga qo'shilishga chaqirishga qaratildi.