8-9 oktabr kunlari Toshkent viloyatida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi

8-9 oktabr kunlari Toshkent viloyatida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi

11.10.2021

8-9 oktabr kunlari Toshkent viloyatida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi.

8 oktabrdan 9 oktabrga o‘tar kechasi va 9 oktabr sutka davomida Toshkent viloyati hududlariga Kaspiy dengizi ustidan kirib kelgan nam havo massalari keltirgan bulutli oqimdan  ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, tog‘li hududlarda qor) kuzatildi.

 

Viloyatning ayrim meteorologik stansiyalarida oktabr oyida yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘ingarchilik qiymatiga yaqin yog‘ingarchilik kuzatildi. Bo‘ka tumani "Ko‘korol" meteorologik stansiyasida 8-9 oktabr kunlari umumiy 30 mm miqdorda yomg‘ir yoqqan. Bu, "Ko‘korol" meteorologik stansiyasi uchun oktabr oyida yog‘adigan o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdoridan 1,5 barobar ko‘p degani (meteorologik stansiyada oktabr oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori - 20,6 mm). 

 

Boshqa kuzatuv meteorologik stansiyalarida yog‘ib o‘tgan umumiy yog‘ingarchilik miqdori oktabr oyi davomidagi o‘rtacha oylik yog‘in miqdoriga yaqin keldi, ayrim meteorologik stansiyalarda yog‘ingarchilik miqdori hududlar uchun xos oylik yog‘ingarchilik ko‘rsatgichlariga yaqinlashdi. Viloyatning ayrim tog‘li meteorologik stansiyalarida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi. Bo‘stonliq tumanidagi "Chimgan" meteorologik stansiyasida 1,5 sutka davomida 44 mm, Parkent tumani "So‘qoq" meteorologik stansiyasida 42 mm yog‘ingarchilik qayd etildi.

 

Viloyatning baland tog‘li hududlarida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi, ayrim tog‘lik (Oygaying qor ko‘chki meteorologik stansiyasi) larda yerda 11 sm gacha bo‘lgan balandlikda qor qoplami hosil bo‘ldi.