Dam olish kunlariga ob-havo prognozi

Dam olish kunlariga ob-havo prognozi

08.10.2021

Dam olish kunlariga ob-havo prognozi

Bugun respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida nisbatan iliq harorat fonida biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat respublikaning shimoliy hududlarida va Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliqni tashkil etadi.

Ertaga O‘zbekistion hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 10-13° iliqdan oshmaydi, bu iqlimiy me’yordan 8-10° ga pastdir.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-5° iliqgacha, shimolda 0-3° sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari 10-13° iliq atrofida saqlanib turadi.

Dushanba kunidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududida quruq ob-havo o‘rnashadi. Hafta boshida 2-5° iliq atrofida bo‘lgan past harorat hali ham salanib turadi, kunduz kunlari esa harorat ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasiga kelib 17-20° iliq bo‘ladi.