Axborot xabari

Axborot xabari

08.10.2021

Axborot xabari

9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Havo harorati 10-12° ga pasayishi kutilmoqda.

9-11 oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13° iliqni, 10-11 oktabrda kechalari 2-5° iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3° sovuqgacha bo‘ladi.

9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.