13-16 MAY KUNLARI UCHUN OB-HAVO PROGNOZI
12.05.2021
Muborak Ramazon bayram kunlari mamlakatimiz bo‘ylab juda iliq va quyoshli ob-havo kutilmoqda. Faqatgina respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida atmosferadagi beqarorlik sababli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
13-14 may kunlari respublikada ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda kechasi havo harorati 13-18º, kunduzi 25-30º atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari kunduzi 28-33º. Bunday harorat may oyining o‘rtalarida o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2-4º yuqori bo‘ladi.
13-16 may kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. EHTIYOT BO‘LING!
O‘zgidromet sinoptiklari respublikamizning barcha aholisini muborak Ramazon bayrami bilan muborakbod etadi! Oilangizning barcha a’zolari bilan oila davrasida bir jam bo‘lishingizni, uyingizda to‘la to‘kislikda yaqinlaringiz qurshovida bo‘lishni va uyingizdan bolalar kulgisi eshitilishini tilaymiz. Sog‘ salomat bo‘ling, omad va zafarlar hayotingiz davomida hamrohingiz bo‘lsin.