1 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
01.10.2021
MUHIM HODISALAR
1-3 oktyabrda Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq respublikaning qolgan hududlariga Volga bo’yi orqali O’zbekiston hududiga kirishda davom etadi.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8о iliqgacha, kunduz kunlari 12-17о iliqgacha, shimolda kechalari 0-5о iliqgacha, kunduz kunlari 10-15о iliqgacha pasayadi.
1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg’ir yog’adi,
2-3 oktyabrda tog’ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog’larda yogi’ngarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi.
1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o’zgarib turadi, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 17-22о, shimolda 10-15о bo’ladi.
Toshkentda havo bilan o’zgarib tuardi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat
20-22о boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, tog’ oldi va togʼli hududlarida baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15о boʼladi.