Iqlim inqirozini bartaraf etish bo‘yicha “C5+1” qo‘shma bayonoti
24.09.2021
Quyidagi bayonot matni Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatlari tomonidan “C5+1” mamlakatlarining iqlim masalalari bo‘yicha vazirlarining sentabr oyida onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvi munosabati bilan 2021 yil 16 sentabrda qabul qilindi.
Matn boshlanishi
Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi iqlim masalalari bo‘yicha mas’ul davlat idoralari rahbarlari va AQSH Prezidentining iqlim bo‘yicha maxsus elchisi Djon Kerri 2021 yil 16 sentabrda “C5+1” vazirlar yig‘ilishida iqlim inqirozini bartaraf etish bo‘yicha jamoaviy va mamlakat majburiyatlarini muhokama qilish uchun onlayn yig‘ilishda qatnashdilar.
“C5+1” mamlakatlari hukumatlari bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan iqlim inqirozining tanqidiy xarakterini tasdiqladi. Iqlim o‘zgarishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qor yog‘ishini kamayishiga olib keldi, oziq-ovqat xavfsizligi va energiya ishlab chiqarish uchun suvning mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, cho‘llanish va yerlarning tanazzulligini tezlashtirdi, biologik xilma-xillikni kamayishiga sababchi bo‘ldi. Barcha mamlakatlar Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 26-konferensiyasi oldidan Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH)larini taqdim etish orqali o‘z tayyorligini namoyish etishlari shart.
“C5+1”ning barcha mamlakatlari o‘z MMBHlariga issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha aniq maqsadlarni va bu maqsadlarga erishish uchun aniq harakatlarni ishlab chiqarishdan oldingi darajadan 1,5 daraja yuqori harorat chegarasida ushlab turish maqsadiga muvofiq kiritishga va’da berishdi.
“C5+1” hukumatlari asrning o‘rtalariga kelib toza energetika kelajagi sari harakat qilish uchun butun dunyo birgalikda harakat qilish zarurligini tan oldi. Ishtirokchilar qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va metan tashlamalarini kamaytirish, shuningdek iqlim o‘zgarishidan himoyalanmagan jamoalar uchun ijtimoiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarda bu maqsadga erishish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini qayd etdilar. Shu bilan birga, “C5+1” mamlakatlari iqlim o‘zgarishiga qarshi tezkor chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi mumkinligini tan oldilar va mintaqaviy energetika aloqalarini kengaytirish hamda energetika ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali berilgan imkoniyatlarni tan oldilar.
“C5+1” davlatlari hukumatlari Orol dengizining qurib ketishining keng ko‘lamli oqibatlaridan xavotir bildirdilar va Orol dengizi mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy hamda demografik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhimligini ta’kidladilar. Tomonlar BMT Bosh assambleyasining 2021 yil may oyida qabul qilingan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilgan maxsus rezolyusiyasi muhimligini ta’kidladilar.
Yuqori texnologiyali innovatsiyalarni, ekologik toza, energiya tejamkor va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, iqlim o‘zgarishi oqibatida cho‘llanish va potensial migratsiyani oldini olish, shuningdek, ekoturizmni rivojlantirish masalasiga “C5+1” davlatlari hukumatlari qiziqishlarini tasdiqladilar.
“C5+1” sheriklari “C5+1” mintaqaviy diplomatik platforma doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga sodiqligini tasdiqladilar. Shunga ko‘ra, “C5+1” davlatlari hukumatlari ilmiy asosga ega va iqlim o‘zgarishiga barqaror harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mintaqaviy muloqotni kuchaytirish uchun 26-Tomonlar konferensiyasi oldidan Energiya va atrof-muhit bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirmoqda, shu jumladan:
• 26-Tomonlar konferensiyasida ulkanroq MMBHlarni taqdim etish;
• ilmga asoslangan va iqlim o‘zgarishiga barqaror echimlarni ishlab chiqish;
• tashlamalarni, xususan karbon va metanni kamaytirish loyihalari doirasida hamkorlik qilish;
• qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, energiya samaradorlikni oshirish, me’yoriy-huquqiy islohotlar sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy energetika integratsiyasi bo‘yicha xamkorlik o‘rnatish;
• suv resurslarini boshqarish, suv sifatini yaxshilash hamda suv diplomatiyasini kuchaytirish, shu jumladan suv resurslari bo‘yicha bitimlar orqali;
• tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish yo‘nalishida va iqlim o‘zgarishiga barqarorlikni oshirish sohasida hamkorlik qilish;
• tabiiy ekotizimlarni saqlash, barqaror boshqarish va tiklash, shu jumladan o‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni tiklash masalalarini hal qilish;
• Orol dengizi havzasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hal qilishda birgalikda yondashish;
• Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda xususiy tarmoq investitsiyalarini jalb qilish, shu jumladan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi orqali;
• AQSH va Markaziy Osiyo hukumatlarining iqlim bilan bog‘liq masalalarda hamkorligi; bu erda
• “C5+1”ning har bir mamlakati iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish ishtiyoqini namoyish etish uchun quyidagi majburiyatlarni oldi:
- Qozog‘iston Respublikasi: Qozog‘iston 2060 yilgacha karbon neytralligiga erishishga va 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 15 foizgacha oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
- Qirg‘iziston Respublikasi: Ayni paytda Qirg‘iziston Respublikasi issiqxona gazlari tashlamalarini 16 foizga kamaytirish majburiyati bilan MMBH loyihasini ko‘rib chiqishning oxirgi bosqichida, “odatdagidek biznes” ssenariysi sharti bilan va tegishli xalqaro ko‘magi mavjudligida 44 foizga kamaytirish majburiyati bilan.
- O‘zbekiston Respublikasi: O‘zbekiston 26-Tomonlar konferensiyasida 1,5 daraja harorat chegarasini saqlash maqsadiga muvofiq kengaytirilgan va ulkan MMBHni taqdim etmoqchi. Kengaytirilgan MMBH doirasida O‘zbekiston 2030 yilga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish ulushini 25 foizgacha oshirish vazifasini qo‘yadi, bu O‘zbekiston milliy qonunchiligida aks ettirilgan.
- Amerika Qo‘shma Shtatlari: Amerika Qo‘shma SHtatlar MMBHsiga muvofiq, 2030 yilga qadar butun iqtisodiyot uchun toza gazlar tashlamalarini 2005 yilga nisbatan 50-52 foizga kamaytirilishi kutilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, 2035 yilga borib, o‘z elektr tizimini dekarbonizatsiya qilish niyatida.