29 DEKABRDAN-1 YANVARGACHA OB-HAVO PROGNOZI

29 DEKABRDAN-1 YANVARGACHA OB-HAVO PROGNOZI

27.12.2025

29 DEKABRDAN-1 YANVARGACHA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 31 dekabrda-1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 29-30 dekabrda 5-10° iliq; 31 dekabrda-1 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 dekabrda 3-8° iliq, 30 dekabrda 5-10° iliq, 31 dekabr-1 yanvarda 2° sovuq-3° iliq gacha pasayadi; kunduzi 29 dekabrda 13-18° iliq; 30-31 dekabrda 5-10° iliq gacha pasayadi, 1 yanvarda 7-12° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 29-30 dekabrda 5-10° iliq; 31 dekabrda-1 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 30 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 
31 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
 QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 29-30 dekabrda 6-11° iliq, 31 dekabrda-1 yanvarda 0-5° iliq gacha pasayadi; kunduzi 
29 dekabrda 14-19° iliq, 30 dekabrda-1 yanvarda 7-12° iliq gacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 dekabrda va 
1 yanvarda 0-5° iliq, 30-31 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 29 dekabrda 10-15° iliq, 
30 dekabrda-1 yanvarda 3-8° iliq gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. 
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 dekabrda 
kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 
31 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 1 yanvarda va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.