27 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
27.12.2025
27 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, ba’zi joylarda 13° iliqgacha, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.