28-31 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
26.12.2025
28-31 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 29 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 30 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 31 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 30 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 31 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 30-31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29-30 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-29 dekabrda 0-5° iliq, 30-31 dekabrda 2-7° iliq, kunduzi 28 dekabrda 5-10° iliq, 29-31 dekabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 31 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.







