23 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.12.2025
23 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.







