22 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.12.2025

MUHIM HODISALAR

 

22 dekabrda Respublikaning togli hududlarida qor kochishi xavfi bor.

 

22 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5°iliq bo‘ladi. 

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yogingarchilik kuzatilmaydi.  Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adituman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.