13 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.12.2025

MUHIM HODISALAR
13-16 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
13 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida ertalab, respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharquy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Sharquy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharquy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining
tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.