14-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
12.12.2025
14-17 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15 va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi; 15-17 dekabrda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi; 15-17 dekabrda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
BUXORO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15-17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 16-17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 dekabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 16-17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; viloyat shimolida 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi; 15-17 dekabrda kechasi 3-8° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 16-17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 16-17 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-16 dekabrda 10-15° iliq, 17 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 14-15 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 16-17 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.







