12 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan 12 dekabr soat 20 gacha

12 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan 12 dekabr soat 20 gacha

11.12.2025

MUHIM HODISALAR

11-12 dekabrda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

12 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan 12 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.