11 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.12.2025
MUHIM HODISALAR
11-12 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
11 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-6° iliq bo‘ladi.







