8 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.12.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
8-9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha,
shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
8-9 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
8 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, 
shimolda 0-5 iliq° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko’chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.