8-11 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

8-11 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

06.12.2025

8-11 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 10 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq;
11 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
9-11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 11 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 8-13° iliq: Navoiy viloyati shimolida
8 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 10 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq,
11 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 3-8° iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-6° iliq; 11 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. 
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 dekabrda 2-7° iliq, 9-11dekabrda 0-5° iliq, 10-11 dekabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib,
sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 dekabrda 2-7° iliq, 9-11 dekabrda 0-5° iliq; kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 9 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, 10-11 dekabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 10-11 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 8 dekabrda 6-11° iliq,
9 va 11 dekabrda 3-8° iliq, 10 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi. 
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-10 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo’lishi mumkin, 11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 9-11 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.