6 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.12.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
8-9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10 dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
6-9 dekabrda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.

 

6 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy va kuning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq, shimolda 2-7 iliq° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko’chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.