5 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.12.2025

5 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-11° iliq, shimolda 2-7 iliq° bo‘ladi. 

Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yogingarchilik (yomgir, qor) boladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.