6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.12.2025

6-9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 va 9 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 8 dekabrda 0-5° iliq, kunduzi 6-8 dekabrda 8-13° iliq, 9 dekabrda 4-9° iliq bo‘ladi.  

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.  

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 6 dekabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 6 va 8-9 dekabrda 10-15° iliq, 7 dekabrda 12-17° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-8 dekabrda 6-11° iliq, 9 dekabrda 3-8° iliq bo‘ladi.  

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 8 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 9 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.