4 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.12.2025
4 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog‘adi. Buxoro viloyatida ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq, shimolda 3-8 iliq° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bila biroz yomg‘ir yog’adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.







