27-30 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27-30 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25.11.2025

27-30 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-29 noyabrda 3° sovuq-2° iliq, 30 noyabrda 0-5° sovuq, kunduzi 27-28 noyabrda 10-15° iliq, 29 noyabrda 7-12° iliq, 30 noyabrda 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-29 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, 30 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 27 noyabrda 13-18° iliq, 28 noyabrda 10-15° iliq, 29-30 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 13-18° iliq, 29-30 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolsharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 14-19° iliq, 29 noyabrda 12-17° iliq, 30 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladiyog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 11-16° iliq, 29-30 noyabrda 10-15°iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27-28 noyabrda 10-15° iliq, 29-30 noyabrda 7-12° iliq bo‘ladi.