6-9 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
04.11.2025
6-9 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 noyabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, 7-9 noyabrda kechasi 3°sovuq-2° iliqgacha, kunduzi 10-15° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi, 7-9 noyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, kunduzi 12-17° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi. Navoiy viloyatining shimolida 6 noyabrda kechasi 4-9°sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi, 7-9 noyabrda kechasi 3°sovuq-2° iliqgacha, kunduzi 10-15° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 noyabrda 2°sovuq-3° iliq, 9 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 6 noyabrda 8-13° iliq bo‘ladi, 7-9 noyabrda 12-17° iliqgacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 noyabrda 0-5° iliq, 6 noyabrda ba’zi joylarda 2°sovuq, 9 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 6-7 noyabrda 12-17° iliq, 8-9 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 noyabrda 2°sovuq-3° iliq, 9 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 6 noyabrda 6-11° iliq, 7-9 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushadi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol, yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 noyabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq bo‘ladi, 7-9 noyabrda kechasi 3°sovuq-2° iliqgacha, kunduzi 3-8° iliqgacha ko‘tariladi.







