4 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.11.2025
MUHIM HODISALAR
4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 
0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha bo‘ladi.
4 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘icha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10° bo‘ladi. 
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 







