3 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.11.2025

MUHIM HODISALAR

 

Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 

4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 

0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

 

3 NOYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘icha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, janubiy hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik(yomg’ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi.