4-7 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
02.11.2025
4-7 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 0-5° iliq, 5-7 noyabrda 0-5° sovuq gacha pasayadi,
kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 6-7 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq,
kunduzi 10-15° iliq, Navoiy viloyating shimolida kechasi 4 noyabrda 0-5° iliq, 4-7 noyabrda
0-5° sovuq gacha pasayadi, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi,
kunduzi 4-6 noyabrda 8-13° iliq, 7 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 noyabrda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 noyabrda 3-8° iliq, 5-7 noyabrda 2°sovuq-3° iliq gacha pasayadi,
kunduzi 4-6 noyabrda 8-13° iliq, 7 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. 6-7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 noyabrda ayrim joylarga tuman tushadi. g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi va kunduzi 2°sovuq-3° iliq, 5-6 noyabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq, 7 noyabr kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.