3 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 2 noyabr soat 20 dan 3 noyabr soat 20 gacha

3 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 2 noyabr soat 20 dan 3 noyabr soat 20 gacha

02.11.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari
0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.
3 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 2 noyabr soat 20 dan 3 noyabr soat 20 gacha 
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib 
g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kunduzi ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 
chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib 
g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar 
bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.