2 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 noyabr soat 20 dan 2 noyabr soat 20 gacha

2 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 noyabr soat 20 dan 2 noyabr soat 20 gacha

01.11.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.
Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.
2 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 noyabr soat 20 dan 2 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8°, kunduzi 18-20° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 
Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi. 
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.