1 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 31 oktabr soat 20 dan 1 noyabr soat 20 gacha
31.10.2025
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.
1 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 31 oktabr soat 20 dan 1 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli, kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 16-18° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 19-24° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.








 
   
   
   
   
   
   
   
  