31 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31.10.2025

31 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘icha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25°, shimolda 13-18° bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, kechqurun biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.