27 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
27.10.2025
27 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida va Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarida 13-18 m/s gacha kuchayishi,
ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.