O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-26-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
24.10.2025
Bugun kunduzi va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq
ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 25-26 oktabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati
24 oktabrda 25-30 darajani, shimolda 21-26 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25 oktabrda
23-28 darajani, 26 oktabrda 21-26 darajani, shimolda 25-26 oktabrda
19-24 darajani tashkil etadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi
28-30 daraja, shanba kuni 25-27 daraja, yakshanba kuni 24-26 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 13-15 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 24-oktabr







