24-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

24-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

22.10.2025

24-27 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-26 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 oktabrda bazi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 24-26 oktabrda 21-26°, 27 oktabrda 19-24° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-25 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 23-28°, 26-27 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-25 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 26 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26°, 27 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 oktabrda 10-15°, 27 oktabrda 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 24-25 oktabrda 23-28°, 26-27 oktabrda 21-26° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 24-25 oktabrda 18-23°, 26-27 oktabrda 13-18° bo‘ladi.